YURT

YURT — o’rta asr sharq manbalarida mulk, turar joy, mamlakat, vatan, yer ma‘nosida qo’llaniladigan atama. XIV asrning 2-yarmigacha ―Yurt atamasi, odatda, turkiy qabilalar ko’chib yuradigan hudud ma‘nosida qo’llanilgan. XIV asr oxiri – XV asr boshlarida Yurt deb xon qarorgohidagi zodagonning joyi yoki zodagon yoxud xonning qarorgohi joylashgan yerga aytilgan. Tarixchilar Rashiduddin va Vassofning asarlarida Yurt nafaqat ulus hududini balki qo’shinning umumiy safida askarlar o’rni, qarorgoh (o’rdu) joylashgan yer, qarorgohdagi chodir o’rnatilgan joyni ham anglatgan. So’nggi davr manbalarida ― Yurt atamasining uy, turar joy, manzilni anglatuvchi ahamiyati kuchaygan. Rus manbalarida Yurt Mo’g’ullar davlati va Oltin O’rda parchalangandan so’ng vujudga kelgan davlatlar hududini bildirgan (Sibir Yurti, Qrim Yurti va boshqalar).