NEOLIBERALIZM

NEOLIBERALIZM (grek. neos – yangi, lot. liberalis – erkinlik) — XX asrning 30-yillarida paydo bo’lib, 50-60 yillarida rivojlandi. Bu yangi mafkuraviy oqimning paydo bo’linishini tadqiqotchilar AQSH Prezidenti Franklin Ruzveltning ―Yangi yo’li bilan bog’laydilar. AQSH Prezidenti liberalizm mafkurasiga asoslangan siyosatga qator muhim tuzatishlar kiritadi. Bu tuzatishlar davlatning iqtisodiy va sotsial rolini qaytadan ko’rib chiqish bilan bog’liqdir. Neoliberallar davlatning iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishi, faol ijtimoiy siyosatni olib borishi zarurligini tan oladilar. Ular ijtimoiy adolatni o‗rnatishni, monopoliyalarning hokimiyatini cheklashni, moddiy boyliklarni soliq tizimi va davlatning ijtimoiy dasturlari orqali jamiyatning kuchi qatlamlari foydasiga qayta taqsimlashni yoqlab chiqadilar. Neoliberallar siyosiy dasturining negizini boshqaruvchi va boshqarilayotganlarning o’zaro kelishuvi, siyosiy jarayonda ommaning ishtirok etishi zarurligi, siyosiy qarorlarni qabul qilish amaliyotini demokratlashtirish tashkil etadi. Neoliberalizmning mohiyatini qisqacha shunday ifodalash mumkin: davlat shaxsni bozor tizimining salbiy oqibatlaridan himoyalashi zarur.