OMMAVIY SIYOSIY ONG
OMMAVIY SIYOSIY ONG — ijtimoiy hayotning turli jihatlarini qamrab olgan g’oyalar, sezgi, afsona, qarashlar va kishilarning kayfiyatlari, shuningdek, jamiyat a’zolarining o’zaro hamda ularning hokimiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi. U siyosiy hayotning siyosiylashib va ommaviylashib borishi jaroyonida yuzaga kelgan yo’l-yo’riq, ko’rsatmalar, qolip-andozalar asosida taraqqiy etadi. Ommaviy siyosiy ong jamiyatning tarixiy tajribasini o’zida mujassamlashtirganligi sababli uning shakllanishi va rivojlanishi jaroyonlari osonlikcha kechmaydi, demokratiyaga o’tishni bir muncha qiyinlashtiradi.
O‘xshash so‘zlar
- OMMAVIY
- OMMAVIY MULK
- Ommaviy qo’shiq
- OMMAVIY MARKETING
- OMMAVIY HARAKATLAR
- OMMAVIY QIRG’IN QUROLLARI
- Ommaviy qirg’in qurollari
- OMMAVIY QIRG’IN QUROLLARIDAN MUDOFAA





