SAYLOV KOMISSIYASI

SAYLOV KOMISSIYASI — (O’zbekiston Respublikasida) mamlakat prezidenti va vakillik organlariga o’tkaziladigan saylovlarni tashkil etuvchi maxsus kollegial organ. Saylov komissiyalari tizimi, ularni tashkil etish tartibi va vakolatlari, odatda, saylovlar to’g’risidagi qonunlar bilan belgilanadi. Masalan, ―O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risidagi qonunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va uni o’tkazish quyidagi saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi: O’zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi okrug Saylov komissiyasi; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari tizimi quyidagicha: Markaziy Saylov komissiyasi; okrug saylov komissiyalari; uchastka saylov komissiyalari. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi — Senatga saylov o’tkazish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi va har bir viloyatda Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan bittadan faqat okrug Saylov komissiyasi tuziladi. Xalq deputatlari, viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o’tkazish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o’tkazuvchi viloyat Saylov komissiyasi.; xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o’tkazuvchi tuman Saylov komissiyasi; xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o’tkazuvchi shahar Saylov komissiyasi; shuningdek, shahar va tuman xalq deputatlari Kengashlariga saylov o’tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylovlar vaqtida fuqarolar yig’inlariga amaliy yordam ko’rsatish vaqtida saylovni tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari, shaharcha, mavze, qishloq, ovul, mahalla ishchi guruhlari tuziladi. O’zbekistonda Markaziy Saylov komissiyasi doimiy ishlovchi organ. Boshqa komissiyalar faqat saylov o’tkazish uchun tuziladi va saylov tugagach, faoliyati to’xtaydi.