SIYOSIY REJIM

SIYOSIY REJIM (lot. boshqarish) — tartib, davlat tizimi, boshqaruv tartibi. Muayyan davlat va jamiyatda siyosiy hokimiyatning real taqsimlanishini aks ettiruvchi politologiya kategoriyasi. U muayyan bir jamiyatda muayyan bir vaqtda mavjud siyosiy hokimiyat qiyofasini aks ettiradi. Agar ―boshqaruv shakli kategoriyasi davlatning konstitutsiya va qonunlarda aks etgan belgilarga asoslanib, asosan siyosiy hayotning rasmiy-huquqiy tomonini yoritadi va nisbatan statik tushuncha bo’lsa, ―siyosiy rejim ushbu jamiyatda siyosiy hokimiyat amalda kimga tegishliligi, u qanday vositalar bilan amalga oshirilishi, davlat va fuqarolik jamiyati unda qay tarzda o’zaro ta‘sir etishi, shaxs, ijtimoiy guruhlar huquq va erkinliklar ko’lami va ularni amalga oshirish imkoniyatlari to’g’risidagi savollarga, masalalarga oydinlik kiritadi. Boshqacha qilib aytganda, siyosiy rejim – bu davlat tartibi bo’lib, u davlat va fuqarolik jamiyati o’zaro munosabatlari, davlat hokimiyatining, jamiyat hayotining boshqa sohalariga ―kirib borish darajasini aks ettiradi. Demokratik, avtoritar, totalitar siyosiy rejim turlari ajratiladi.