SOTSIAL SIYOSAT

SOTSIAL SIYOSAT — xalq farovonligini oshirish, ijtimoiy va milliy munosabatlarni takomillashtirish, turmush tarzini o’stirish yo’li bilan farovon, ozod va obod Vatan barqarorligini mafkuraviy, siyosiy-tashkiliy jihatdan ta‘minlashdir. U o’zida ijtimoiy hayotning alohida bir sohasida bo’ladigan o’zgarishlarni aks ettiradi. Uning asosini davlat va siyosiy partiyalar, tashkilotlar va harakatlarning jamiyat a‘zolari turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan faoliyati tashkil etadi. Sotsial siyosat ijtimoiy soha bilan uzviy bog’liq. Sotsial sohaga esa sinflar, guruhlar va millatlar, shahar bilan qishloq munosabatlari, aqliy va jismoniy, intellektual mehnat, jamiyat bilan shaxs o’rtasidagi munosabatlar kiradi.