TEXNOKRATIZM

TEXNOKRATIZM (yun. texnika – san‘at, ustalik va kratos – hokimiyat so’zlaridan olingan) — texnik mutaxassislarning ilmiy bilimi asosida butun jamiyatning manfaatlarini himoya qiluvchi, siyosiy hokimiyatni o’rnatilishi haqidagi sotsiologik konsepsiya. Dastavval, Texnokratizm g’oyasi amerikalik iqtisodchi va sotsiolog Torsteyn Veblenning, ―Muhandislar va baholar sistemasi deb nomlangan asarida ilgari surilgan. Uning fikricha, XX asrda sodir bo’layotgan, ishlab chiqarishdagi inqilobiy o’zgarishlar jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi va shuning uchun butun xalq xo’jaligini va umuman jamiyat boshqaruvini kelajakda texnik ziyolilar qo’liga berish kerak.