VOSITACHILIK

VOSITACHILIK (diplomatiyada) — ikki yoki bir necha davlatlar o’rtasida muzokaralar olib borilishini yo’lga qo’yish va muzokaralar jarayonida ishtirok etib, ular muvaffaqiyatini ta‘minlovchi vositalardan biri. Vositachilik vazifasini, odatda, nufuzli davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bajaradilar. Mash‘um ―sovuq urush tugallanib, Sharq bilan G’arb o’rtasidagi munosabatlarda muxolifliqdan muloqotlarga o’tilishi sharoitida mahalliy mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish uchun Vositachilikdan keng foydalanilmoqda. Masalan, BMTning, BMT Bosh kotibi, uning muovinlari, maxsus vakillari va ma‘lum maqsadlarda tuzilgan missiyalari Vositachilik faoliyati tufayli turli mintaqalar (Afrikada – Angola va Namibiya, Lotin Amerikasida – Nikaragua va Salvador, Osiyoda – Kampuchiya, Yevropada – Bosniya)-da yuz bergan qurolli mojarolar to’xtadi, Yevropa Ittifoqining qator a‘zolari, AQSH va Rossiya vakillaridan iborat sobiq Yugoslaviya bo’yicha aloqa guruhi Bosniya va Gersegovinada sodir bo’lgan urushni tugallashga erishdi.