Massagetlar

Massagetlar-Kaspiy orti va Orol dengizi yaqinida Amudaryo va Sirdaryoning qo’yi oqimida miloddan avvalgi V-IV asrlarda yashagan qabilalar guruhining umumiy nomi. Massagetlar to’g’risida fanda har xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlarning fikricha, massagetlar nomi “masuo” – “baliq” so’zidan eklib chiqqan bo’lib, “baliqxo’rlar” ma’nosini bildiradi. Keyingi tekshirishlar natijasida massagetlarning “mas”, “saka” va “ta” so’zlaridan iborat bo’lganligi va saklarning katta uyushmasi degan ma’noni bildirishi aniqlangan. Yunon tarixchisi Gerodotning ta’riflashicha, massagetlar piyoda va otda jang qilganlar, ular otlarning ko’kraklariga sovut kiydirganlar. Massagetlar o’z podshosi To’maris boshchiligida Eron bosqinchilariga qarshi qahramonlarcha kurashganlar.