GRAKXLAR

GRAKXLAR, aka-uka Tiberiy (Tiberius Gracchus) (miloddan avvalgi 162— Rim -133) va Gay (Gaius Gracchus) (miloddan avvalgi 153— Rim — 121) — Qadimgi Rimning siyosiy arboblari xalq tribunlari (notiqlari). Plebeylar naslidan. Demokratik agrar islohot o’tkazish yo’li bilan deqqonlarni xonavayron bo’lishdan saqlab qolmoqchi bo’lishgan. Gay tomonidan italik ittifoqchilarga Rim fuqaroligi huquklarini berish to’g’risida qonun chiqarish taklif qilingan. Islohotlarga qarshi turgan Senat zodagonlari bilan bo’lgan kurashda halok bo’lishgan.