Ubaydullayeva Ma’rifat
Ubaydullayeva Ma’rifat (1929.4.6, Namangan viloyati Chodak qishlog’i) — O’zbekiston xalq artisti (1983). 1953— 61 yillar Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1961-92 yillar Andijon viloyat musiqali drama teatrida, 1992 yildan Abbos Bakirov nomidagi Andijon yoshlar teatrida aktrisa. Shirin (“Farhod va Shirin”), Xemnolina (“Gang daryosining qizi”), sanam (“Aziz va sanam”), oyparcha, Nodirabegim (“Nodira”), Layli (“Layli va Majnun”), Zulxumor (“Ravshan va Zulxumor”), Nurxon (“Nurxon”), Jamila (“boy ila xizmatchi”), Katarina (“O’jar qizning quyulishi”), Nigoroyim (“Mehrobdan chayon”), Momo (“hayot eshik ortida”), Nargiz (“Nargiz”) kabi rollari uning ijodida alohida o’rin tutadi. Ubayedullayeva lirik va xarakterli rollar ustasi bo’lib, uning ijodi yuqori ovoz, dramatik mahorati, badiiy ifodasi hayotiyligi bilan ajralib turadi. “El- yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (2002).