UZOQLASHTIRUVCHI NERV

UZOQLASHTIRUVCHI NERV – bosh miya nervlarining jufti. Miya ko’prigining orqa chekkasidan, ko’prik bilan uzunchoq miyaning piramidasi orasidagi egatdan chiqadi, so’ng ko’z kosasiga keladi va ko’zning tashqi to’g’ri muskulini innervasiyalaydi. Uzoqlashtiruvchi nerv zararlanganda tashqi to’g’ri muskul falajlanganligi sababli, ichki to’g’ri muskullar ko’z soqqasini ichki tomonga tortib ketadi va g’ilaylikka olib keladi.