OFITLI STRUKTURA
OFITLI STRUKTURA (Yun. Ophites – ilonga o’xshash) — tomirli va asosli intruziv tog’jinslari strukturasi; unda plagioklazlar yirik cho’ziq kristallar hosil qilib, ularning orasini to’q rangli minerallar (asosan, piroksenlar) to’ldirgan bo’ladi. Ofitli struktura ko’pincha gabbro va diabazlarta xos. Ofitli strukturaning bir- biriga o’zaro o’tishi bilan farq qiladigan bir qancha xillari mavjud.