Nerv to’qimasi
Nerv to’qimasi — nerv sistemasining asosiy to’qimasi. Organizmda ta’sirotni qabul qilib, qo’zg’alishni o’tkazib beradi. Organizmning tarixiy taraqqiyoti jarayonida Nerv to’qimasi elementlari tez qo’zg’alib, nerv impulslarini darhol o’tkazib berish xususiyatiga ega bo’ldi. Nerv to’qimasidagi nerv hujayralari (neyronpar) uning tuzilish va funktsional jihatdan asosiy elementlaridir.