Miyonchi

Ma’nosi

Miyonchi-o’tmishda o’zaro nizolashib qolgan kishilar o’rtasiga tushib yarashtirib qo’yuvchi shaxs. Miyonchi ko’pincha nufuzli dindorlardan bo’lgan. Masalan, 1485 yili temuriylardan Sulton Ahmad va Umarshayx Toshkent va Shohruhiyani talashib urush boshlaganlarida Xo’ja Ubaydulla Ahror ular o’rtasida miyonchi bo’lgan. Fiqh ilmida “miyonchi shariat” lavozimi ham bo’lgan.

O‘xshash so‘zlar

M harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar