Misqol
Misqol-og’irlik o’lchovi. Sharq mamlakatlarida qimmatbaho toshlarning vaznini aniqlash uchun ishlatilgan o’lchov birligi. VI-VIII asrlarda Samarqandda bir misqol 4,6 grammga, o’rta asrlarda O’rta osiyo hududida bir misqol 4,25 grammga teng bo’lgan. XIX-XX asrlarda Farg’onada bir misqol 4,53-4,55 grammga teng bo’lgan og’irlik o’lchovi hisoblangan.