Raiyat

Raiyat-Sharq mamlakatlarida feodalizm davrida dastlab barcha fuqaro; keyinchalik soliq to’lovchi tabaqalar – dehqon va shaharliklar; undan keyingi davrda feodallarga tobe, feodal yeriga biriktirilgan xiroj to’lovchi dehqonlar guruhi. Dehqonlarning bu toifasi avvalo Misrda, III asrda O’rta Osiyo, Eron, Iroqda, XVI asrda Usmonli turk imperiyasida rasman erkin hisoblangan bo’lsa-da, bir feodaldan ikkinchisiga o’tish huquqidan mahrum bo’lgan.