Rapida, Rafida

Rapida, Rafida-non yopishda ishlatiladigan moslama. Asosan dumaloq bo’lib, odatda kigiz, qalin mato ustiga qalin paxta qo’yib, avra-astar bilan qoplangan, orqa qismiga qo’l kirgiziladigan cho’ntak tikiladi. Rapida tandirga yopilayotgan nonning shakli buzilmasligini, orqa qismi tandiqga bir tekisda yopishishini ta’minlaydi.