Ro’za

Ro’za-Islomning farz hisoblangan marosimlaridan biri. Qur’oni Karimda yozilishicha, ramazon oyi davomida Olloh Muhammadga Qur’onni vahiy qilib yuborgan, shuning uchun har bir musulmon 30 kun sahardan shomgacha ro’za tutishi kerak bo’lgan. Shariatda ro’za tutish erkaklar uchun 12 yoshdan, ayollar uchun 9 yoshdan belgilangan. Unda ko’rsatilishicha, cho’milish, chekish, gul hidlash, ovqat iste’mol qilish, dori ichish bilan ro’za buziladi. Bu marosim Qur’oni Karim, Hadis va shariatda “gunohlardan qutulish”, “savob orttirish” uchun eng yaxshi yo’l deb talqin qilinadi. Ro’zadan homilador, emizikli ayollar, o’gir bemorlar va safarga chiqqanlar ozod etilgan.