Xalfana
Xalfana-gapning bir turi. Xalfana asosan ziyofat va ko’ngil ochish maqsadida mehnatkash o’smirlar tomonidan uyushtirilgan. Xalfana kattalarning gap va to’kmalaridan farq qilgan. Xalfana rejaviy asosda uyushtirilmay, balki besh-o’n kishi yig’ilib qolgandagina tashkil qilingan. Xalfana ko’pincha payshanba kunlari tashkil etilgan. Xalfanada pul xarajati o’rtada bo’lib solmana deb atalgan. Xalfana dasturxoniga quyuq va suyuq ovqatlar hamda shirinliklar qo’yilgan. Xalfanada har xil mavzuda suhbatlar bo’lgan, hikoyalar aytilgan, qiziqarli o’yinlar o’ynalgan, musiqa va qo’shiqlar tinglab, hordiq chiqarilgan.