AMFIUMALAR
AMFIUMALAR (Amphiumidae) -dumli amfibiyalar turkumining oilasi. Ikki turi bor. Ular AQShning Sharqiy qismida tarqalgan. Tanasi 1 metrcha. Oyoqlari va undagi 2-3 ta barmoqlari yaxshi rivojlanmagan. Kichkina ko’zlari yupqa teri ostida. 4 juft ichki jab-rasi va jabra yoriklari umrbod saklanib qolgan, umuman chala itbaliq holida bo’ladi. Ikki turi — ugorsimon Amfiumalar (Amfiumalar means) va uch barmoqli Amfiumalar (Amfiumalar tridactyla) sholipoya va ko’lmak suvlarda balchiqqa ko’milib yoki botqoq erlardagi uyasida yashaydi. Amfiumalar — tungi hayvon. Turli umurtqasizlar, mayda baliklar bilan oziqlanadi. Yozning oxirida 40-150 tacha tuxum qo’yadi. Itbalig’i noyabrda tuxumdan chiqadi. Lichinkasi 4 yoshida jinsiy voyaga yetadi.