O’quv rejasi

O’quv rejasi-1) ta’lim sohasidagi asosiy me’yoriy davlat hujjati bo’lib, davlat ta’lim standartining muhim qismi sifatida o’zida har bir sinfda beriladigan o’quv fanlari bo’yicha o’quv yuklamasi hajmini belgilaydi; 2) o’quv yurtlarida o’qitiladigan fan, ularning bo’limlari, o’qitilish tartibi hamda har bir fanning yil davomida o’qitilishi, ularning o’quv yili va haftasiga qancha miqdorda o’tilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat.