Avgurlar
Avgurlar (lotincha augures, avis-qush so’zidan)-Qadimgi Rimda koxinlar jamoasi, asosan, qushlar parvozi va ovoziga qarab xuolar irodasini ta’bir qilganlar. Avgurlar afsonaviy Romul davrida paydo bo’lgan deb hisoblanganlar. Liviy Numa Pompiliy (miloddan avvalgi 715-672/673) davrida shu nomli davlat lavozimi (umrbod muddatga tayinlangan) ta’sis etilganini aytadi. Miloddan avvalgi 300 yilgi Ogulniy qonuni bo’yicha, Avgurlarning soni 9 nafar (5 nafar plebey qo’shilgan), Sulla davrida 15 nafar, Tsezar zamonida 16 nafar bo’lgan. Avgurlar kohinlikdan tashqari boshqa masalalar bilan ham shug’ullanganlar (masalan, mansabdor shaxslar saylovi bilan bog’liq masalalar).