Agressiya
Agressiya (lotincha)-tajovuz, tajovuzkorlik, bosqinchilik, urush ochish, hujum qilish, bostirib kirish; bir yoki bir necha imperialistik davlatning boshqa mamlakatlarni bosib olish maqsadidagi qurolli hujumi. Agressiya imperialistik davlatlar tashqi siyosatining negizini tashkil qiladi. Agressiya imperialistik davlatlarning 1918-1922 yillarda yosh Sovet respublikasiga qarshi interventsiyasi, fashistlar Germaniyasining 1939-1940 yillarda Yevropa mamlakatlariga, 1941 yillarda Yevropa mamlakatlariga, 1941 yilda SSSRga bostirib kirishi va Isroilning 1966-1967 yilda arab mamlakatlariga bostirib kirishida ham o’z ifodasini to’la gavdalantirdi. O’zga mamlakatlar territoriyasini zo’ravonlik bilan bosib olib, xalqlarini o’zlariga tobe qilishni maqsad qilib qo’ygan imperialistik davlatlar NATO, SEATO, SENTO kabi agressiv bloklarga birlashgan.