Adolat

Adolat (arabcha)-Eron proletariatining birinchi siyosiy tashkiloti. Adolat 1917 yil may oyida Bokuda ishlagan Eron Ozarbayjoni va eronli ishchilar tashkiloti. Tashkilot ingliz imperializmiga, shoh hukumati va feodallarga qarshi kurashish, yerlarni dehqonlarga taqsimlab berishni talab qilgan. 1920 yilda Ozarbayjon va O’rta Osiyodagi Adolat a’zolari mahalliy kommunistik tashkilotlarga qo’shildilar. Adolat 1920 yilda Eronda yashirin ish olib borgan. Tehron, Tabriz, Rasht, Zanjon, Ardabil va boshqa shaharlarda ham Adolatning tashkilotlari tuzilgan. Adolat o’zining 1920 yilda bo’lib o’tgan 1-s’yezdi qaroriga binoan Eron Kompartiyasining asosiy qismini tashkil etdi. Adolatning Kavkaz va O’rta Osiyodagi gruppalari RKP (b) sostaviga kirdi.