Askar
Askar-1) davlat va mamlakat muhofazasi yoki harbiy yurishlarda ishtirok etuvchi harbiy xizmatchi, qurolli jangchi; 2) davlatning qurolli kuchlari majmui yoki uning bir qismi; qo’shin. Arab tilining kuchli ta’siriga qaramay, Askar istilohi O’rta Osiyo turkiy tillarida, xususan, o’zbek adabiy tilida, asosan, XV asrdan cherik, sipoh, lashkar istilohlari qatori “qo’shin, lashkar” ma’nosida keng qo’llanishda bo’lgan.