Astral e’tiqodlar

Astral e’tiqodlar (astro… so’zidan)-osmon yoritqichlari va hodisalariga hamda u bilan bog’liq sehrgarlik xatti-harakatlariga sig’inish. Muayyan darajada hamma xalqlarda bo’lgan. Astral e’tiqodlar, ayniqsa, Qadimgi Mesopotamiya, Misr va Qadimgi Hindistonda keng tarqalgandi. Bu mamlakatlardagi ibodatxonalar rasadxona (observatoriya) vazifasini ham bajarib, osmon hodisalarini kuzaishda katta rol o’ynagan. Yulduzlar vaziyatiga qarab bu bilan davriy bog’liqlikka ega bo’lgan daryolarda suv toshqini bo’lishini oldindan aytganlar. Astral e’tiqodlar asosida astrologiya, folbinlik va karoma qilish vujudga keldi.