Baron

Baron (lotincha baro, qaratqich kelishi baronis)-G’arbiy Yevropada grafdan keyingi darajali aslzoda. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida asosan, Germaniya va Fransiyada VI-VII asrlarda, umuman, aslzodalar, Baron deb atalgan. XI-XIII asrlarda Baron yirik aslzoda unvoni, o’sha davrda Baron ikki guruhga bo’lingan: a) oliy Baron-vassallarga ega bo’lgan va o’zi bevosita qirolga vassal bo’lgan shaxs; b) quyi Baron-oliy Baronlarning vassal bo’lgan kishi. Baron o’z mulkiga ega bo’lgan. Angliyada esa dvoryanlik unvonlaridan biri. Rossiyada Pyotr I Baron unvonini joriy qilgan va Boltiqbo’yi dvoryanlarining yuqori tabaqasiga mansub shaxslar unvoni bo’lib qolgan. Baronning xotini yoki qizi baronessa deyilgan.