Bestiariylar
Bestiariylar (lotincha bestia-hayvon)-1) Qadimgi Rimda arenada yirtqich hayvonlar bilan olishuvchilar, gladiatorlarning bir turi; 2) o’rta asrlarda zoologik maqolalar (tasvirlar bilan birga) to’plami, nasr va nazmda turli hayvonlar majoziy hamda didaktik maqsadlarda tasvirlangan. Eng qadimgi Bestiariylardan biri yunon traktati “Fiziologus” hisoblanadi.