Betaraflik, neytralitet

Betaraflik, neytralitet (nemischa Neutralitet, lotincha neuter-u ham, bu ham emas)-1) ikki va undan ortiq tomonlarning nizo va tortishuvlariga aralashmaslik; 2) davlatning urushda va harbiy-siyosiy ittifoqlarda qatnashmaslik siyosati hamda o’ziga xos huquqiy maqomi. Betaraflikning quyidagi turlari mavjud: eventual Betaraflik (urush vaqtida)-davlatning biron-bir urushda qatnashmasligi; doimiy Betaraflik (Shvetsariya 1825 yildan, Avstriya 1955 yildan)-davlatning hech qachon urushni keltirib chiqaruvchi siyosat olib bormasligi; shartnomaviy Betaraflik; an’anaviy Betaraflik (uzoq vaqt davomida Shvetsiya amal qilayotgan Betaraflik siyosati); ijobiy Betaraflik-2-jahon urushidan keyingi yillarda rivojlanayotgan mustaqil davlatlarning harbiy va siyosiy ittifoqlarga qo’shilmaslik siyosati. Biron-bir davlatga harbiy hujum qilingan holatda ular BMT Ustaviga muvofiq yakka yoki jamoa bo’lib o’zini himoya qilish huquqiga ega.