Beshotar
Beshotar-o’qdoni (magazini)ga beshta o’q joylashtiriladigan miltiq. 1891 yili rus qurolsozi S.I.Mosin ixtiro qilgan. XIX asr oxirida dunyodagi barcha davlatlarning qo’shinlari o’qdonli miltiqlar bilan qayta qurollantirilgan. S.I.Mosin Beshotarga 3 marta o’zgartirish kiritib, 1930 yili uni kalibri 7,62 mm li Beshotar deb atagan. Nishonga olish uzoqligi 2000 metr. Beshotarga ko’rsatilgan eng yaxshi natija 400 metrgacha, oltik moslama o’rnatilgandan keyingi natijasi 800 metrgacha. O’q stvol ichidagi burama o’yiqlardan 3 marta aylanib o’tgan. Beshotarda minutiga 10-12 ta o’q otish mumkin bo’lgan. 2-jahon urushidan so’ng, pistolet-pulemyotlar, karabinglar yaratilgach, Beshotar o’z ahamiyatini yo’qotgan.