Bogol
Bogol (mo’g’ulcha)-qadimgi mo’g’ul jamiyatidagi ijtimoiy tabaqa, uy qullari. Ilk o’rta asrlarda qulchilikning bir necha turi mavjud bo’lgan: unagan Bogol-bir paytlar bo’ysundirilgan qabila keyinchalik merosiy qullarga aylangan, ular o’z mmulklari va qisman shaxsiy erkinliklarini saqlab qolganlar, ongu Bogol-shaxsiy xizmatlari evaziga ozodlikka chiqqan qullar; uteli-Bogol-oddiy xizmatkor-qullar.