Bolg’ali

Bolg’ali-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan urug’lardan. Ilgari bolg’ali urug’i jaloyir, kenagas, qurama, qo’ng’irot, nurota turkmanlari va boshqa o’zbek qabilalari tarkibiga kirgan. Bolg’ali urug’i bir necha bo’g’inlarga bo’lingan: birul, biyurli, eshteke, kerait, no’g’oy, nukus, ishikli va boshqalar. Bolg’ali urug’i qozoq va qoraqalpoqlar tarkibida ham uchraydi.