Bolsheviklar

Bolsheviklar (Ruscha bolveshiki-ko’plar)-Rossiya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi (RSDRP)da Lenin boshcilik qilgan siyosiy oqim (frakiya) vakillari. 1917 yil apreldan mustaqil siyosiy partiya tuzishgan. Bolsheviklar tushunchasi RSDRP II s’yezdida (1903) Lenin tarafdorlari partiya rahbar organlariga saylovlarda ko’pchilik ovoz olganidan so’ng yuzaga kelgan. Shu sababli ular Bolshevik, kam ovoz olgan raqiblari esa Menshevik deb yuritila boshlagan. Bolsheviklar mamlakatda totalitaristik siyosat yuritgan. Bolsheviklar so’zi 1917-1952 yillarda RSDRP(b), RKP(b), VKP(b) deb atalgan partiyaning rasmiy nomlarida ishlatilgan.