Bombarda

Ma’nosi

Bombarda (lotincha bombos-gumburlash va ardere-yonmoq)-dastlabki artilleriya qurollaridan biri. XIV-XVI asrlarda qal’alarni qamal qilish va mudofaalashda qo’llanilgan. Ilk Bombardalar u qadar katta bo’lmagan va 2,5 kilogrammgacha yadrolarni irg’itgan. Keyinchalik 320 kilogrammlik yadrolarni ham irg’ita oladigan Bombardalar yasalgan. Otish masofasi quruqlikda 700 metr, dengizda 50-300 metrni tashkil etgan.

O‘xshash so‘zlar

B harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar