Budda

Budda (sanskritcha xotirjam, nurlangan, oliy haqiqatga erishgan)-buddizmda bir necha bor qayta tug’ilishlar jarayonida mutlaq haqiqatga yetishgan va boshqalarga diniy najot yo’lini ko’rsatishga qodir zot. Keng ma’noda-har bir inson juda ko’p ezgulik qilish, bu dunyoning barcha sevimli narsalari foydasiz ekanini anglash orqali Buddaga aylanishi mumkin. Buddizm panteonida yuzlab turli Buddalar bor. Tor ma’noda buddizm asoschisi, bu dunyo tashvishlarini tark etib, “oliy haqiqatga erishgan” Siddhartha Gautama (miloddan avvalgi 623-544 yillar)ning ismi. Buddizmga taalluqli kitoblarda Gautama barcha xudolar, ruhlar hamda tabiat kuchlari ustidan hukmron buyuk va qudratli zot sifatida ta’riflanadi.