Burj

Burj (arabcha)-devorga tashqi tomondan tirgak sifatida ishlangan qurilma. Qal’a devorlariga tutashgan minora shaklidagi qo’shimcha bino. Burj ustida va ichkarisida maxsus xonalar bo’lishi mumkin. Mudofaa maqsadida qurilgan maxsus Burjlar ham bo’lgan. Buxoro, Xiva me’morchiligida ko’p qo’llanilgan. Ba’zan o’rniga qarab guldasta, minora deb ham nomlanadi.