Gefest

Gefest-yunon mifologiyasida olov hamda temirchilik xudosi. Kasb-hunar homiysi sifatida e’zozlangan. Zevs bilan Geraning (yoki faqat Geraning) o’g’li. Ikkala oyog’i cho’loq, badbashara bo’lgan holda sohibjamol Afroditaga uylangan. Gefest qo’li gul usta; yer ostidagi bahaybat temirchilik ustaxonasida Zevs uchun chaqmoq va momaqaldiroqlar tayyorlab beradi deb tushunilgan. Odatda, Gefest hunarmand kiyimida, qo’lida bolg’a yoki ombir ushlagan holda tasvirlangan. Rim mifologiyasidagi Vulkanga mos keladi.