Gefest

Ma’nosi

Gefest-yunon mifologiyasida olov hamda temirchilik xudosi. Kasb-hunar homiysi sifatida e’zozlangan. Zevs bilan Geraning (yoki faqat Geraning) o’g’li. Ikkala oyog’i cho’loq, badbashara bo’lgan holda sohibjamol Afroditaga uylangan. Gefest qo’li gul usta; yer ostidagi bahaybat temirchilik ustaxonasida Zevs uchun chaqmoq va momaqaldiroqlar tayyorlab beradi deb tushunilgan. Odatda, Gefest hunarmand kiyimida, qo’lida bolg’a yoki ombir ushlagan holda tasvirlangan. Rim mifologiyasidagi Vulkanga mos keladi.

O‘xshash so‘zlar

G harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar