Gomrul

Gomrul (inglizcha Home Rule-ayni ma’nosi o’z-o’zini boshqaruv)-Irlandiyaning Buyuk Britaniya imperiyasi doirasida o’z-o’zini boshqarish dasturi; 1870 yillarda ilgari surilgan. Gomrul uchun harakat rahbarlari I.Batt, Ch.S.Parnell, J.E.Redmond va boshqalar. Faqat 1919-1921 yillardagi ozodlik urushidan so’nggina Irlandiya doiminion bo’lgan (1921 yildagi ingliz-irland bitimi); ammo Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgan.