GOMRUL

Ma’nosi

GOMRUL (ing. home Rule – aynan o’z-o’zini boshqaruv) — Irlandiyani Buyuk Britaniya imperiyasi doirasida o’z-o’zini boshqarish dasturi; 1870-yillarda ilgari surilgan. Gomrul uchun harakat rahbarlari I. Batt, Ch.S. Parnell, J.E. Redmond va boshqalar. Faqat 1919-1921– yillardagi ozodlik urushidan so’nggina Irlandiya dominion bo’lgan (1921-yildagi inglizirland bitimi); ammo Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgan.

O‘xshash so‘zlar

G harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar