Demonologiya

Demonologiya (yunoncha daimon va …logiya)-demonlar haqidagi diniy ta’limot. Uning vujudga kelishi ibtidoiy davrlarga xos yovuz ruhlarga e’tiqod qilishga borib taqaladi. Demonologiya, ayniqsa, Bobil dini va Qadimgi Eron dinida rivojlangan, ulardan iudaizm, xristianlik va islomga ham o’tgan. Jodugarlikning xurofiy mohiyati ham Demonologiyaga asoslangan. Inkvizitsiya davrida jodugar deb hisoblangan ayollar ta’qib qilingan. Jismoniy va ruhiy kasalliklar sababi ham demonlar xatti-harakati bilan bog’liq deb hisoblanadigan ibtidoiy azayimxonlikdan tortib hozirgi davrdagi diniy bid’atlargacha – hammasida Demonologiya namoyon bo’ladi.