Jandarmlar
Jandarmlar (fransuzcha gens d’armes-ayni ma’nosi qurollangan kishilar)-o’rta asrlarda fransuz qirollari peyb-gvardiyasida xizmat qilgan zodagonlar nomi. 1445 yili Karl VII 15 ta ordonans rotasi tashkil etgan, har bir rota tarkibiga Jandarmlar nomli 100 nafardan og’ir qurollangan otliq zodagon kirgan. Keyinchalik atama G’arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga ham o’tgan. Ular eng yaxshi suvoriylar hisoblangan va jangga hal qiluvchi damlarda tashlangan. Lyudovik XIV davrida Jandarmlardan alohida rotalar tashkil etilgan. 1791 yili fransuz inqilobiy hukumati avvalgi mahalliy politsiyani tugatib, qo’shin va mamlakatda tartibni saqlash maqsadida Jandarmlar korpusini tuzgan.