Jasa

Jasa (mo’g’ulcha)-XVII asr o’rtalaridan Mo’g’ulistonda lamaizm monastirlari xo’jaligi. Bora-bora yirik xo’jaliklarga aylangan. 1921 yilgi inqilob arafasida monastirlar va ruhoniylar feodallar qo’lida 3 million bosh qoramol (mamlakatdagi umumiy qoramolning 1/3 qismi) to’plangan. O’rtacha har bir monastir xo’jaligiga 5 mingdan ortiq qoramol to’g’ri kelgan. XX asrning 30-yillarida faoliyatini to’xtatgan.