Imom
Imom (arabcha-olinda turuvchi)-1) musulmon davlatlarida siyosiy va harbiy hokimiyati bilan birga o’z fuqarolariga nisbatan bosh diniy rahbar hisoblangan oliy hukmdor; Yamanda viloyatning boshqaruvchisi; 2) shialarning oliy boshlig’i; 3) to’rt asosiy mazhabdan (xanafiylar, xanbaliylar, molikiylar va shofeiylardan) biriga asos soluvchi; 4) hamma musulmonlar yoki ularning bir guruhining boshlig’i, ruhoniy; 5) machitdan namoz o’qishda oldinda turib rahbarlik qiluvchi.