Imperator
Imperator (lotincha imperator-hukmdor)-ba’zi monarxlarga berilgan unvon. Dastlab Rim lashkarboshilari (masalan, Yuliy Tsezar va boshqalar)ga berilgan. Rimda Respublika tartibi tugatilib, monarxiya o’rnatilgach, davlat tepasiga kelgan hr bir merosxo’r Imperator deb atalgan. 965 yili nemislar Shimoliy Italiyani bosib olgach, Germaniya qirollari o’zlarini Imperator deb atay boshladilar. XV asrdan bu unvon Avstriya monarxlariga o’tdi. 1721 yili Imperator unvonini Pyotr I qabul qildi. Bundan keyingi rus podsholarining hammasi Imperator deb yuritildi. Napoleon I, Napoleon III lar ham o’zlarini Imperator deb e’lon qildilar. Bu unvon Xitoyda 1911 yilgacha mavjud edi. Yaponiyada hozir ham Imperator davlat boshlig’i hisoblanadi.