Integratsiya
Integratsiya (lotincha integration, integer-butun so’zidan)-biror-bir qism va elementlarni bir butunga birlashtirish, iqtisodda xo’jalik hayotini internatsionalizatsiyalashning oliy formasi bo’lib, bunga xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirish ob’yektiv ravishda sabab bo’ladi. U turli mamlakatlarning o’zaro yaqinlashuvida va ularning korxonalari, tarmoqlari va hatto milliy iqtisodning yagona xo’jalik organizmiga birlashuvida ifodalanadi hamda bu jarayonning tartibga solib turuvchi iqtisodiy siyosatidir.