Yomenlar

Yomenlar (inglizcha yeomen)-o’rta asrlarda Angliyada shaxsan ozod mayda yer egalari. Jentridan farqli o’laroq, yerni o’zlari ishlashgan. Ilk bor VII-VIII asrlarda yaratilgan “Beovulf” dostonida tilga olingan. Yomentlarning o’zagini erkin dehqonlar-frigolderlar tashkil qilgan. Salib yurishlari davridan ritsarlarning yosh qurollangan xizmatkorlari Yomentlar deb atala boshlagan. XV asrga kelib atama o’z xo’jaligini mustaqil yuritgan barcha dehqonlarga nisbatan qo’llanilgan. Angliya burjua inqilobi davrida Yomenlar parlament armiyasining ijtimoiy bazasi bo’lgan. Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi Yomenlarning ijtimoiy qatlam sifatida tarix sahnasidan butkul ketishiga olib kelgan.