Kabalyeros
Kabalyeros (ispancha caballeros)-o’rta asrlar Ispaniyasida ritsarlik. Rekonkistaning boshlang’ich davrlarida o’z hisobidan qurollangan otliq askarlar shunday atalgan. XII asr arafasidan kortes qarorlari va boshqa rasmiy hujjatlarda “idalgo” atamasi bilan bir xil ma’noda qo’llangan.