Kampanila
Kampanila (italyancha campanila-qo’ng’iroqxona)-o’rta asr va uyg’onish davri italyan me’morchiligida 4 qirrali yoki aylana tarhli ko’p qatlamli minora-qo’ng’iroqxona. Ko’pincha ibodatxonadan alohida qurilgan. 4-5 yoki undan ko’p etajladan tashkil topgan. Mashhur Kampanilalar qatoriga Piza minorasi kiradi. Shuningdek, Venetsiyadagi Muqaddas Mark sobori ham mashhur. Ingliz tilili mamlakatlarda jamoat binolari yonida qurilgan qo’ng’iroqli yirik soat inshootlari ham Kampanila deb ataladi.